Koreya bilan yangi hamkorlik, metro rekordi va sportdagi muhim natijalar - Qisqa xabarlar(+video)
Bugungi “Qisqa xabarlar” dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar, O‘zbekiston–Koreya biznes forumi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik va iqtisodiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari haqida so‘z boradi.
Shuningdek, davlat byudjeti ijrosining yarim yillik natijalari qanday baholangani, profilaktika inspektorlari har chorakda aholi oldida hisobot berishi, Toshkent metrosida yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etilgani hamda bojxona organlari tomonidan yashirincha olib kirishga urinishlar aniqlangani haqida ma’lumot beramiz.
Sport yangiliklaridan esa O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Filippin ustidan yirik g‘alabasi, Mavluda Abdullayevaning Jahon kubogida ishtirok etishi va Xorazmda O‘zbekiston kubogi start olgani haqida xabarlar o‘rin olgan.
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0uUdPshO6gE" title="15 Sentabr: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov, Yoqub Meliboyev, O‘zA