Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o‘zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu bejiz emas. Uning qadr-qimmati, ahamiyatini har birimiz dil-dildan his etamiz.

Chunonchi, Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir. Davlatning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat bo‘lishida Konstitutsiyaning ahamiyati cheksiz. 

U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Zero, davlat qurilishida Konstitutsiya va qonunlar ustuvor bo‘lar ekan, mamlakatda taraqqiyot bo‘ladi, adolat bo‘ladi, farovonlik bo‘ladi. Bu esa, ertangi kuniga ishonch bilan yashayotgan xalqimiz uchun juda muhimdir.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Asosiy Qonunimiz jahondagi eng mukammal konstitutsiyalardan biri ekanligini butun dunyo tan oldi. U har jihatdan ixcham va keng qamrovliligi, xalqchilligi bilan alohida ajralib turadi. 

Unda, ayniqsa, umumjahon tajribalari, demokratik tamoyillar, milliy davlatchilik merosi bo‘lgan «Avesto»dan tortib, «Temur tuzuklari»gacha bo‘lgan an’anaviy prinsiplarning omixta qilinganligi e’tiborga molikdir.

Ko‘hna zaminimiz odamlari ko‘nglida ustuvor bo‘lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bag‘rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug‘ xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib o‘rin olgan. U umuminsoniy g‘oyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ g‘oyalarga xizmat qiladi.

Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati ko‘pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bog‘liqdir.

Bosh qomusimiz muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik tantanali ravishda e’lon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyat anglangan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquqning umume’tirof qilingan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ko‘zlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Konstitutsiya normalarini ijtimoiy hayotda qaror toptirish nafaqat jamiyatni yangilash va mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, balki qonunlarning ustunligini ta’minlashga ham bevosita aloqadordir. O‘z-o‘zidan ayonki, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlamasdan demokratik taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bobi Konstitutsiya va qonunning ustunligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 15-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», – deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, respublikamiz miqyosida faoliyat yuritayotgan barcha sub’ektlar Konstitutsiya va qonunlar doirasida faoliyat yuritadilar. Birorta ham normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyada ko‘rsatilgan normalar doirasidan chetda tuzilgan bo‘lishi yoki qonunlarga zid kelishi mumkin emas.

Shu maqsadlarni ko‘zlab qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bugungi kunda mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati bo‘lib kelmoqda...

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ro‘y berayotgan barcha o‘zgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda davlatni jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini qonunlarga tayanib qurishga qattiq kirishilgan, desak xato bo‘lmaydi. Fuqaro – jamiyat – davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimi Konstitutsiyadir.

Xulosa o‘rnida shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning shakllanishi va mustahkamlanishini, davlatimizning hududiy yaxlitligini, siyosiy va huquqiy tizimimiz barqarorligini, oldimizda turgan mas’uliyatli siyosiy va iqtisodiy vazifalarning ado etilishini, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishini, eng muhimi, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlaydigan muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

D.Mamajonova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, taraqqiyotimiz poydevori