Kompyuter axboroti sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda raqamli dalillardan foydalanish muammolari
Feruz Yusufovich BADALBOYEV Mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston ORCID: https://orcid.org/0009-0004-1619-2702 feruz.badalboev@gmail.com
Annotatsiya
Maqola kompyuter axboroti sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda raqamli dalillardan foydalanish muammolariga bag‘ishlangan. Unda raqamli dalillar turlari, ularni yig‘ish, autentifikatsiya qilish tergov va sud jarayonida qo‘llash jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ma’lumot hajmi, shifrlash va texnik cheklovlar kabi muammolar ko‘rib chiqilgan. Xalqaro tajriba, jumladan Budapesht (2001) va BMT Konvensiyalari (2024) misolida raqamli dalillardan foydalanish standartlari muhokama qilingan.
Tayanch so‘zlar: raqamli dalillar, elektron dalillar, kompyuterjinoyatlari, tergov, xalqaro konvensiyalar.