Kochkarova Madina Jahongir qizining arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ayollar markazlarini arxitekturaviy takomillashtirish yo‘llari” mavzusida
Kochkarova Madina Jahongir qizining 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ayollar markazlarini arxitekturaviy takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi (arxitektura fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.A.01.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 3-aprel kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti katta majlislar zali.
Tel/faks: (55) 508 02 56.
e-mail: devon@taqu.uz