Ko‘bayev Jurabek Eshmamatovichning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari ksilofag-hasharotlari” mavzusida
Ko‘bayev Jurabek Eshmamatovichning 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonning G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalari ksilofag-hasharotlari” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 25 fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 230112, Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi, 1-uy. Universitet majlislar zali.
Tel.: (+99861) 223-59-49.
e-mail: karsu_info@edu.uz