Ko‘p tarmoqli xo‘jalik
Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Rohatoy” fermer xo‘jaligi rahbari Avazbek Teshaboyev “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Rohatoy” fermer xo‘jaligi rahbari Avazbek Teshaboyev “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida yildan-yilga faoliyati kengaytirilgan xo‘jalikda ayni paytda paxta, g‘alla, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish bilan birga, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik, bog‘dorchilik tarmoqlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Xo‘jalik qoshidagi sutni qayta ishlash sexida bir necha turdagi sut mahsulotlari tayyorlanadi. 200 dan ziyod ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalikning issiqxonasidan ham yaxshigina daromad olinayotir.