Koʻklamning bir kuni yilni boqadi
Oʻlkamizda bahor nafasi kezib yuribdi. Tabiat allaqachon uygʻonib, olam tobora goʻzallikka burkanmoqda.
Oʻlkamizda bahor nafasi kezib yuribdi. Tabiat allaqachon uygʻonib, olam tobora goʻzallikka burkanmoqda. Qimirlagan jon borki koʻklam tashvishida. Zero, xalqimiz koʻklamning bir kuni yilni boqadi, deb bejiz aytishmagan.
Gʻanimat kunlarning qadrini bilgan asl dehqonlarimiz, omilkor tomorqa egalari oʻz ixtiyoridagi yerlarda ekin-tikin ishlarini allaqachon sarishta qilib, tomorqasiga ehtiyoji uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni parvarish qilmoqda.
Bugun Navoiy shahrida ham tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shaharda mavjud 31 ta mahalla fuqarolar yigʻinining 9 tasida fuqarolar hovlida yashaydi. Xususan, shaharning “Hayot” mahallasida ham bugun hayot qaynagan. Mahalla ahli hozirda kartoshka, pomidor, bodring hamda turli koʻkatlar, ziravorlarni ham muntazam ravishda parvarishlab kelmoqda.