Koʻcha va xonadonlar yana-da obod boʻladi
Qoraqalpogʻistonda “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman” shiori ostida obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Qoraqalpogʻistonda “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman” shiori ostida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Unga koʻra, barcha mahallalardagi koʻchalarni, xonadonlarni obodonlashtirishga qaratilgan keng kщlamli ishlar amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” tadbirlari doirasida fuqarolar yigʻinlari hududida istiqomat qilayotgan yordamga muhtoj oilalarning uy-joylari taʼmirlanadi, mavjud muammolar bartaraf etiladi.
Ushbu tadbirlar ijrosini taʼminlash uchun hududlarda shtab hamda ishchi guruh tuzilgan. Shahar va tumanlarga mutaxassislar masʼul qilib belgilangan.
Guruh aʼzolariga barcha mahallalarni obodonlashtirish maqsadida iyun-iyul-avgust oylarida aholi oʻrtasida targʻibot va amaliy choralarni amalga oshirishga qaratilgan vazifalar belgilangan. Hokim oʻrinbosarlari rahbarligidagi shtab aʼzolari mahallalardagi xonadonlarni obod qilish boʻyicha rejalari ishlab chiqilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz joriy yil 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga safari davomida mahallalar obodligi, koʻchalar va xonadonlarning tozaligini taʼminlash, aholining yordamga muhtoj qatlamiga har tomonlama yordam berish ishlarini yana-da koʻchaytirish boʻyicha vazifalarni belgilab bergan edi. Shu topshiriqlar ijrosi boʻyicha hozirda hududda keng koʻlamli ishlar boshlab yuborildi.