Klasterning ilk hosil nishonalari bo‘y ko‘rsatdi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanidagi “Yaypan univer cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxtachilik klasteri farg‘onalik tashabbuskorlar tomonidan tashkil etilgan.
Kalster korxonasi tomonidan hozirgi kunga qadar 1100 gektar yer o‘zlashtirilib, 60 gektariga chigit, 90 gektariga soya, 10 gektariga kartoshka ekildi.
–Ko‘ksheil hududidagi uzoq yillar foydalanishdan chiqib ketgan ushbu yerlar yulg‘unzor edi, - deydi klaster korxonasi ish boshqaruvchisi Qahramon Imomnazarov. – Joriy yilning yanvar oyida Farg‘onadan barcha turdagi eng yuqori unumli yangi texnikalar olib kelinib, yer o‘zlashtirildi. Olimlar bilan maslahatlashib, ilmiy jihatlari o‘rganilgan holda tuproq-iqlim sharoitiga mos “S-4727” paxta navi tanlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, mazkur navdan birinchi yilning o‘zida gektaridan o‘rtacha 32-35 sentner hosil olish mumkin. Asosiy maqsad – shu yilning o‘zida har gektar yerdan 40 sentnerdan sifatli hosil olishga qaratilgan.
[gallery-7037]
Klaster korxonasida mahalliy aholi vakillari uchun hozircha 70 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
– Astoydil qilingan mehnat samarasi sifatida ilk hosil nishonalari bo‘y ko‘rsatdi, - dedi klaster korxonasi mutaxassisi Kozimjon Siddiqov. – “Santa” navli kartoshka, Toshkentdan keltirilgan soya urug‘ini ham benuqson undirib oldik. Tajriba tariqasida qovun ham ekib ko‘rmoqchimiz.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA