Kinosaroyning zamonaviy qiyofasi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy 1956 yilda qurilgan bo‘lib, hozirda Kinematografiya agentligi viloyat hududiy bo‘limi tasarrufida faoliyat ko‘rsatmoqda.
[gallery-23871]
Kinematografiya agentligi viloyat hududiy bo‘limi rahbari Doston Mirzaakbarovning aytishicha, kinosaroyga so‘nggi yillarda jahon talablariga mos keladigan yuqori sifatli DSP formatdagi qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan kino qurilma olib kelindi. Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan kinosaroyda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shu tariqa, endilikda farg‘onalik kino san’ati muxlislari uchun filmlarni 2D, 3D va mp4 formatlarda sifatli tomosha qilish imkoniyati yaratildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA