Keyt Middlton ilk bor COVID-19 vaksinasini oldi
Shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt Middlton Londonning Ilmiy tadqiqot muzeyida — ommaviy emlash markazida vaksina oldi.
Ommaviy ravishda emlashni targ‘ib qilish maqsadida vaksinalash jarayonida qirollik oilasi a’zolari ham faol ishtirok etmoqda.
Middlton turmush o‘rtog‘i (o‘tgan yili COVID-19 bilan kasallangan) shahzoda Uilyam vaksina olganidan bir hafta o‘tib emlandi.
"Buyuk Britaniya emlash bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatoriga kiradi. Men bu jarayonda ishtirok etayotgan har bir insondan minnatdorman — barcha sa’y-harakatlaringiz uchun tashakkur", deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.