Keyn Angliya terma jamoasining imkoniyatlarini baholadi
Angliya milliy terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn terma jamoaning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi maqsadlari haqida gapirdi.
Angliya milliy terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn terma jamoaning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi maqsadlari haqida gapirdi.
«Albatta, bizning maqsadimiz — gʻalaba qozonish. Buning qiyin boʻlishini bilamiz, biroq soʻnggi yillarda yirik turnirlarda gʻoliblikka juda yaqin kelgan edik: Yevropa chempionatida ikkita finalda oʻynadik, jahon chempionatida esa yarim final va chorak finalgacha yetib bordik... Bu yil jamoamizda yangi murabbiy ish olib boradi», — deya Keynning soʻzlarini keltirmoqda «L'Équipe» nashri.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yili Qatarda oʻtgan dunyo birinchiligining finalida ushbu jamoa Fransiya termasini penaltilar seriyasida (asosiy vaqt — 3:3, penaltilar boʻyicha — 4:2) magʻlub etgan edi.