Kendjayev Yakub Yusupovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston sanoatchilarining qo‘shgan hissasi” mavzusida
Kendjayev Yakub Yusupovichning 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston sanoatchilarining qo‘shgan hissasi” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 21-may kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
Tel.: (0 375) 225-34-13; faks: (0375) 221-00-56.
e-mail: kasu_info@edu.uz