“Kelajak yulduzlari” ligasi start oldi
Poytaxtimizda 9-11 yoshdagi bolalar oʻrtasida “Kelajak yulduzlari” ligasi start oldi.
Poytaxtimizda 9-11 yoshdagi bolalar oʻrtasida “Kelajak yulduzlari” ligasi start oldi.







Mazkur musobaqa bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh futbolchilarni kashf etish va ularning mahoratini oshirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadiga xizmat qiladi.
Ligada 30 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqalar har haftaning yakshanba kunlari boʻlib oʻtadi.