“Kelajak yoshlari” tanlovda g‘olib bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Termizda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Eng namunali maktab sardorlar kengashi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-6781]
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan ko‘rik-tanlov mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadiga xizmat qilmoqda.
Tanlovda birinchi o‘rinni egallagan Termiz tumanining “Kelajak yoshlari” jamoasi mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Sariosiyo tumanining “To‘maris” hamda Boysun tumanining “Kelajak yulduzlari” jamoalariga nasib etdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA