“Kelajak sari” – iste’dodlarni saralamoqda
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, yoshlar terma jamoalari hamda professional futbol klublariga iqtidorli va istiqbolli yosh futbolchilarni tanlab olish, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish maqsadida “Kelajak sari” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, yoshlar terma jamoalari hamda professional futbol klublariga iqtidorli va istiqbolli yosh futbolchilarni tanlab olish, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish maqsadida “Kelajak sari” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
Unda mamlakatimizdagi 14ta hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari qatorida Qirg‘iziston yoshlar terma jamoasi, Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahri “Narxoz” futbol klubi, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi, “Lokomotiv” hamda “Chig‘atoy” futbol maktabi jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Qur’a natijasiga ko‘ra jamoalar to‘rtta guruhga taqsimlanishdi.
“A” guruhi: Andijon bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Jizzax bolalar-o‘smirlar akademiyasi;
“V” guruhi: “Chig‘atoy”, Namangan bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Surxondaryo bolalar-o‘smirlar akademiyasi, “Narxoz” (Qozog‘iston), Samarqand bolalar-o‘smirlar akademiyasi;
“S” guruhi: O‘zbekiston-1, “Lokomotiv” BO‘FM, Navoiy bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Xorazm bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Toshkent viloyati bolalar-o‘smirlar akademiyasi;
“D” guruhi: O‘zbekiston-2, “Bunyodkor” futbol akademiyasi, Qashqadaryo bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Sirdaryo bolalar-o‘smirlar akademiyasi, Farg‘ona bolalar-o‘smirlar akademiyasi.

Kecha “Kelajak sari” xalqaro turnirining 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ularda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Qoraqalpog‘iston – Qirg‘iziston yo.t.j. – 0:5
Namangan – “Narxoz” (Qozog‘iston) – 6:1
“Lokomotiv” – O‘zbekiston-1 yo.t.j – 1:5
“Bunyodkor” – O‘zbekiston-2 yo.t.j – 1:4
Toshkent sh. – Jizzax – 0:1
“Chig‘atoy” – Samarqand – 5:1
Toshkent viloyati – Xorazm – 3:4
Qashqadaryo – Farg‘ona – 1:4