Keksalar haftaligi: ular doim e’tiborda
Insonni ulug‘lash, fuqarolarni davlat himoyasiga olish masalasi eng avvalo bosh qomusimizda alohida e’tiborga olingan.
Insonni ulug‘lash, fuqarolarni davlat himoyasiga olish masalasi eng avvalo bosh qomusimizda alohida e’tiborga olingan. Bu ham bo‘lsa yurtimizda inson manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishdagi muhim qadam hisoblanadi – deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faxriysi Xalim Boboev.
“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi Qarorida 2019 yildan boshlab har yili oktabr oyining 1- haftasini “Keksalar haftaligi” deb belgilandi. Chunki ushbu qaror orqali jamiyat hayotida keksa fuqarolarning rolini oshirish, uzoq yillar davlatimizga xizmat qilgan faxriylarni munosib qadrlash masalasiga e’tibor qaratildi.
Shu bilan bir qatorda bugungi uchrashuvda, viloyatimiz hududidagi jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan, tuzalish yo‘liga kirgan 13 nafar fuqarolarimiz ishtirok etib, keksa avlod vakillarining pand-nasihatlarini tingladilar.
Shundan, so‘ng faxriylarimiz hamda o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan bir guruh fuqarolarimiz boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar uchun dasturxon yozilib, ular bilan bir piyola choy ustida suhbat qurildi.
Ayni davrda jadal rivojlanish bosqichlarini boshimizdan o‘tkazar ekanmiz, inson manfaatlarini oliy o‘ringa qo‘yish hamda keksalar duosini olish har birimiz uchun katta baxt. Shunday ekan keksalalarimiz doimo bizning e’tiborimizda bo‘lib qolaveradi.