“Katta yettilik” Rossiyaga tahdid qildi
“Katta yettilik” mamlakatlari (G7) moliya vazirlari uchrashuvi yakuni bo‘yicha qabul qilingan hujjat matnida aytilishicha, yaqin kelajakda Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilmasa, “G7” mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirish yo‘larini ko‘rib chiqishi mumkin.
- O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatni olqishlaymiz, - deyilgan bayonotda. - Agar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, biz har qanday ehtimoliy yo‘l, jumladan sanksiyani yanada kuchaytirishdek eng yuqori bosim o‘tkazish masalasini ham ko‘taramiz.
Muloqot ishtirokchilari, shuningdek, Kiyev rejimini “doimiy qo‘llab-quvvatlash”larini bildirgan.
“Politico” nashri yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Kiyevni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash fikriga qarshi chiqqan.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio vaziyatga izoh berarkan, Oq uy “dushman tili”da gaplashishga qarshi, chunki bu Rossiya va Ukraina muzokarasini tashkil etish harakatiga to‘sqinlik qilishi mumkin, dedi.
“Katta yettilik” moliya vazirlari yig‘ilishi 20-22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tdi.