Kasbining “Oʻzbegim mebellari”
Bu pulga oʻz sarmoyamizni qoʻshgan holda faoliyat uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni xarid qildik, – deydi korxona ish yurituvchisi Tolib Dovurov
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Oʻzbegim mebellari” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 700 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kreditni yangi quvvatning ishga tushirishga yoʻnaltirdi.

– Bu pulga oʻz sarmoyamizni qoʻshgan holda faoliyat uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni xarid qildik, – deydi korxona ish yurituvchisi Tolib Dovurov. – Xitoyda ishlab chiqarilgan ushbu uskunalar deyarli barcha turdagi mebel jihozlarini yasash va ularni pardozlash imkonini beradi. Yaqinda ish boshlagan boʻlsak-da, buyurtmachilarimiz safi tobora kengaymoqda.
