Kasbga sadoqat — umr mazmuni
Jurnalistika — nafaqat voqea-hodisalarni yoritiş, balki davr solnomasini yaratiş, insonlar taqdiri va jamiyat hayotidagi özgarişlarni tarix sahifalariga muhrlaşdek yuksak masʼuliyat talab etadigan kasb. Uşbu sohada qariyb yarim asr faoliyat yuritiş esa katta tajriba, tinimsiz izlaniş va kasbga sadoqat namunasidir.
Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi «Sanʼat saroyi»da Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, taniqli telejurnalist, «Tafsilot-press» gazetasi boş muharriri Jöraqul Tursunov tavalludining 65 yilligi hamda jurnalistika sohasidagi faoliyatining 45 yilligiga bağişlangan ijodiy uçraşuv bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori, Oliy Majlis Senati aʼzosi, taniqli adib Abdusaid Köçimov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov, ommaviy axborot vositalari vakillari, soha faxriylari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Ijodiy uçraşuvda Jöraqul Tursunovning jurnalistikaga kirib kelişi, kasbiy faoliyati davomida töplagan boy tajribasi, ijodiy izlanişlari va soha rivojiga qöşgan hissasi haqida söz yuritildi. Uning köp yillik mehnati, öz kasbiga sadoqati va ijodiy faoliyatining öziga xos jihatlari eʼtirof etildi.
Taʼkidlanganidek, jurnalistning kasbiy kamoloti yillar davomida orttirilgan tajriba, voqelikni teran anglaş, xolislik va söz masʼuliyatiga sodiqlik bilan belgilanadi. Jöraqul Tursunovning 45 yillik ijodiy yöli ham ana şu mezonlar, doimiy izlaniş va öz ustida işlaş bilan çambarças boğliq.
Uçraşuvda ustoz jurnalistning hayot yöli va sermahsul faoliyatiga alohida ehtirom körsatildi. Uning kasbga fidoyiligi, köp yillik mehnati hamda töplagan tajribasi yoş qalamkaşlar uçun ibrat maktabi ekani qayd etildi.
[gallery-32647]
Samimiy ruhda ötgan tadbir turli avlod jurnalistlarini bir davraga jamlab, ustozlarga ehtirom, kasbiy anʼanalar davomiyligi va avlodlar örtasidagi ijodiy hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA