Kasaba uyuşmalari – xodimlar manfaati va yoşlar qöllab-quvvatlovçisi
11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Uluğbek Jalmenov hamda talaba-yoşlar iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Samimiy va oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda kasaba uyuşmalarining jamiyat hayotidagi örni, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbus va takliflarini röyobga çiqariş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taʼlim muassasasidagi yoşlar hayotini yanada rivojlantiriş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda kasaba uyuşmalari faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan taklif va taşabbuslarini bildirdilar.

Tadbir yakunida kasaba uyuşmalari hamda institut hayotida faol iştirok etib, özining taşabbuskorligi, fidoyiligi va samarali mehnati bilan alohida namuna körsatib kelayotgan faol talabalar hamda yoş xodimlar munosib taqdirlandi.

Uçraşuv yoşlar va kasaba uyuşmalari vakillari örtasida özaro muloqotni mustahkamlaş, talaba-yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ularni ijtimoiy hayotda yanada faol bölişga rağbatlantirişga xizmat qildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri