Karlo Anchelotti jahon chempionati favoritlarini aytdi
Biz barcha terma jamoalarga qarshi kurashishga qodirmiz.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lajak jahon chempionatining favoritlari haqida gapirdi.
"Ko‘plab terma jamoalar jahon chempionligi uchun da’vogarlik qilmoqda. Argentina, Angliya, Ispaniya, Fransiya va Portugaliya shular jumlasidan. Ammo ularning ham maydonda kamchiliklari bor. Biz barcha terma jamoalarga qarshi kurashishga qodirmiz", - dedi Anchelotti.
Jahon chempionati bahslari 11-iyundan start oladi. Birinchi uchrashuv Meksika va JAR o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.