Kamilla Rahimova WTA reytingida tarixiy natijani qayd etdi
Özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova jahon reytingida özining eng yaxşi körsatkiçiga erişdi. Xalqaro ayol tennisçilar assotsiatsiyasi (WTA) tomonidan eʼlon qilingan navbatdagi reytingda hamyurtimiz birdaniga 22 poğona yuqorilab, 44-örinni band etdi. Bu uning professional faoliyatidagi eng yuqori natijadir.
Mamlakatimizning yana bir yetakçi tennisçisi Mariya Timofeyeva ham reytingdagi mavqeini yaxşiladi. Ikki poğona yuqorilagan sportçimiz 70-örindan joy oldi. Afsuski, Polina Kudermetova ikki poğona şönğib, 93-örinni egalladi.
Darvoqe, Kamilla Rahimovaning reytingda yuqorilaşi mamlakatimizning birinçi raqamli tennisçisi deya eʼtirof etilişiga sabab böldi.
Şuningdek, Sevil Yuldaşeva ham jadvalda uç poğona oldinlab, 928-öringa kötarildi. Layma Vladson, Milana Maslenkova va Darya Şubina ham yangi reytingda biroz ortga surildi.
Reyting peşqadamligi esa 8099 oçko jamğargan qozoğistonlik Yelena Ribakina qölida. Belaruslik Arina Sobolenko 6485 oçko bilan ikkinçi, rossiyalik Mirra Andreyeva 6306 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA