Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i Odil Mahmudov sohaga oid murojaatlar tahlili yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga Kadastr agentligiga jami 17 ming 421 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 12 ming 795 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 3 ming 737 tasiga umumiy tushuntirish berish orqali ko‘rib chiqilgan. 304 tasi esa qonun hujjatlari asosida rad etildi, 392 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.

O‘tgan davr mobaynida agentlik direktori va o‘rinbosarlari tomonidan 9 oy davomida 14 hududda sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu sayyor qabullar davomida 550 nafardan ortiq fuqaro va tadbirkorlar ishtirok etib, shundan ko‘rib chiqish uchun ijroga qaratilgan 338 ta murojaatning 71 foizi hal etildi.

Shu bilan birga, 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan 32 ta jarima va 142 ta hayfsan, jami 174 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

– Kadastr agentligi tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa ham aholimiz tomonidan hamon agentlikka yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish holatlari mavjud, – deydi O.Mahmudov. – Jumladan, yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer maydoni ajratish (qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik), yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish, geodeziya, kartografiya va topografiya va boshqa masalalarda kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Fuqarolar kadastr pasportini shakllantirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ma’lumotnomalar olish, geodeziya, kartografiya va topografiya faoliyatiga litsenziya olish bilan bog‘liq va boshqa yo‘nalishlarda kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat xizmatlari markazlari va bevosita my.gov.uz sayti yoki “Litsenziya axborot tizimi” orqali ariza qoldirishi mumkin.

– Hurmatli fuqarolar, Kadastr agentligi faoliyati va yuqorida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan murojaatingiz bo‘lsa, Kadastr agentligining 1097 hamda Davlat kadastrlar palatasining 71 207-00-03 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, – deydi O.Mahmudov. –. Shuningdek, Kadastr agentligining kadastr.uz sayti yoki info@kadastr.uz pochta manzili orqali o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.

M.Qosimova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr agentligiga 17 yarim mingga yaqin murojaat kelib tushgan