Jurnalistlar uchun seminar
Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Gender va binolarning energiya samaradorligi – yashil iqtisodiy rivojlanishning garovi” mavzusida seminar -treninglar tashkil etilmoqda.
Buxoroda o‘tkazilgan tadbirda loyihaning maqsadi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Loyiha doirasida jurnalistlar uchun seminarlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, jurnalist va blogerlar o‘rtasida OAVda “Gender va binolarning energiya samaradorligi yashil iqtisodiy rivojlanishning garovi” mavzusida yozilgan jurnalistik materiallar uchun tanlov e’lon qilinadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan faol jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkaziladi va 3 ta g‘olib aniqlanadi.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA