Juftlik akademik eshkak eshish: Italiyadan oltin
Ayni kunlarda Italiyaning Gavirate shahrida juftlik akademik eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda.
Musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi safida bahslarga kirishgan Sirdaryo viloyati vakillari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Juftlik bahslarida (PR2 MIX 2X yo‘nalishi) sirdaryolik Otabek Qo‘chqorov hamda Feruza Bo‘riboyeva 8 daqiqa 41 soniya vaqt bilan finalga birinchi yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sh.Suyarov, O‘zA