JSST: Yevropada koronavirus qurbonlari soni oshdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasida koronavirus qurbonlari miqdori o‘n foizga oshganini ma’lum qiladi.
Tashkilotning matbuot xizmatidan aytilishicha, tasdiqlangan kasallikka chalinish holatlarining 63 foizi Yevropa hissasiga to‘g‘ri keladi.
Afrikadan tashqari, boshqa mintaqalarda esa, bu ko‘rsatkich 5-13 foizni tashkil qiladi. Keyingi haftada eng ko‘p kasallikka chalinish holatlari AQSHda kuzatilgan bo‘lib, ularning miqdori besh yuz mingdan oshgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya ekani qayd etilgan.