Joze Mourinyo: "Portugaliyada ajoyib avlod bor"
Portugaliya terma jamoasi ayni vaqtda barcha narsaga qodir.
Madridning "Real" klubi sobiq ustozi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasining bo‘lajak mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Portugaliya terma jamoasi ayni vaqtda barcha narsaga qodir. Ularda hozir ajoyib avlod futbolchilari bor. 1-yil avval ular Millatlar ligasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. 2016-yilda esa Yevropa chempionligini tantana qilgan edi. Hozirgi avlod esa texnik tomonlama ulardan yaxshiroq. Albatta turnirda favoritlar ko‘p, Argentina, Braziliya ... vahokazo biroq Portugaliya ham jahon chempionatida g‘alaba qozonishi mumkin", - dedi Mourinyo.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi 3-o‘rin hisoblanadi. Ular Eusebio yetakchiligida 1966-yilda mundialning bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.