Joze Mourinyo: «Italiyaga chet ellik murabbiy kerak emas»
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo Italiya terma jamoasida ish boshlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Ayni damda mutaxassis o‘z vatanida «Benfika» klubini boshqarmoqda.
«Kimdir mendan sizning [Italiya] milliy terma jamoangizga murabbiylik qilish-qilmasligim haqida so'radi. Mening javobim shunday — sizga chet ellik murabbiy kerak emas. Sizda Allegri, Konte bor, yana 5 yoki 6 nafar mutaxassisni sanab o'tishim mumkin, ammo gap bunda emas», — deya Mourinyuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Il Giornale».
«Sizga Portugaliya misolida tushuntirib berishga ruxsat bering. Ko'pchilik nima uchun 10 million aholisi bo'lgan mamlakat jahon chempionatiga yo'llanma olishni va Yevropaning eng kuchli jamoalarida o'ynaydigan ko'plab iste'dodli futbolchilarni yetishtirishni uddalayotgani bilan qiziqadi. Javob shunday: keling va bizda yoshlar turnirlari qanday tashkil etilganini, u jamoalardagi sharoitlar qandayligini ko'ring. Hammasini tushunish uchun shuning o'zi kifoya. Balki, bundan nusxa ko'chirarsiz ham», — deya ta’kidladi Mourinyo.
Avvalroq, Mourinyo o'z faoliyati davomida qaysi jamoada ishlash unga ko'proq yoqqani haqida ma’lum qilgan edi.