Jo‘rayev Ilyos Ro‘ziqulovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Sirojiddin Alixon Orzuning “Charog‘i hidoyat” izohli lug‘atining leksikografik tadqiqi” mavzusida
Jo‘rayev Ilyos Ro‘ziqulovichning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Sirojiddin Alixon Orzuning “Charog‘i hidoyat” izohli lug‘atining leksikografik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.02.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 13 sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bosh o‘quv binosi, 105-xona.
Tel.: (8366) 239-11-40; faks: (8366) 239-11-40.
e-mail: rector@samdu.uz