Jo‘rabek Rahimov yosh startapchilar bilan uchrashdi
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning sun’iy intellekt va startaplar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, innovatsion g‘oyalar va startap ekotizimini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha fikr almashildi.


Viloyat hokimi yoshlarning startap loyihalari, yangi g‘oya va takliflari bilan yaqindan tanishib, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, mualliflarga amaliy yordam ko‘rsatish va tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berdi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri