Joau Kanselu «Al-Hilol»ni tark etmoqchi
32 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya klubining Avstriyadagi mavsumoldi yig‘iniga kelmagan. Shu sabab unga ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarima qo‘llanishi mumkin.
«Al-Hilol» himoyachisi Joau Kanselu imkon qadar tezroq jamoasini o‘zgartirishni istamoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya klubining Avstriyadagi mavsumoldi yig‘iniga kelmagan. Shu sabab unga ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarima qo‘llanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Kanselu hozir Portugaliyada qolmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh esa futbolchini «Barselona»ga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachini 10 million yevrodan kamroq mablag‘ evaziga o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Joau Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Barselona» safida ijara asosida to‘p surgandi. Futbolchi bir necha bor faoliyatini Kataloniya klubida doimiy ravishda davom ettirishni istayotganini bildirgan va endi «Al-Hilol» safida boshqa maydonga tushishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda.