Jizzaxlik yoshlar saylovda faol ishtirok etadi
Mamlakatimizda joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov bo‘lib o‘tadi.
“Mening tanlovim – obod Vatanim!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayonga Jizzax viloyati hududiy komissiyasi va joylardagi 553 ta uchastka saylov komissiyasi a’zolari ham puxta hozirlik ko‘rdi.
Viloyat hududiy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 22 oktyabr kuniga qadar viloyat bo‘yicha jami 798 ming 756 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Shundan 18 yoshdan 30
yoshgacha bo‘lgan jizzaxlik yigit-qizlar umumiy ovoz beruvchilarning salkam 30 foizini tashkil etadi.
Bu muhim siyosiy jarayonda jizzaxlik yoshlar faol ishtirok etishidan dalolat beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tJRlPEidWcw?si=0k4tJ_FEVG6TOvEN" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov(video),
O‘zA