Jizzaxda “Ustozlar bog‘i” tashkil etildi (+video)
FOTOREPORTAJ
Ayni paytda mamlakatimizning barcha go‘shalarida, barcha bir maqsad yo‘lida yashil maydonlarni kengaytirish hamda hududlarni obodonlashtirish borasida tashabbus ko‘rsatmoqda.
Ana shunday ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shishni niyat qilgan Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari “Men ko‘chat ekdim. Sizchi?” shiori ostida “Ustozlar bog‘i”ni tashkil etdi.
[gallery-14494]
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Madina Turg‘unova boshchiligida uyushtirilgan ushbu tadbirda ming tup mevali va ming tup manzarali daraxt nihollari ekildi.
Bundan tashqari tumandagi 14 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 19 ta umumta’lim va 1 ta ixtisoslashgan hamda 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida bo‘sh turgan yer maydonlariga 1500 tup mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlari davom etmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EgAqRMM3TDQ" title="Жиззахда “Устозлар боғи” ташкил этилди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA fotomuxbiri Jamshid YORBEKOV olgan suratlar