Javohir Sindorov Nomzodlar turnirining ilk turida g‘alabaga erishdi
Kiprda Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Nomzodlar turnirining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun o‘tkazilayotgan dastlabki tur musobaqasida Sindorov qora donalarda rossiyalik Andrey Yesipenko bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz Javohir Sindorov rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etdi.
Ertaga Sindorov Nomzodlar turnirining 2-turida oq donalarda germaniyalik Mattias Blyubaum bilan kuch sinashadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA