Javohir Sindorov Hindistonda dunyoning eng zo‘r shaxmatchilari bilan bahslashadi
Mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov ertaga Hindistonning Bangalor shahrida Global shaxmat ligasi tizimida jamoalar o‘rtasida boshlanadigan “Tech Mahindra Global Chess League” turnirida ishtirok etadi.
Global shaxmat ligasining 4-mavsumi hisoblangan ushbu musobaqa davomida 6 ta jamoa aylanma tizimdagi bahslarda kuch sinashadi.
Javohir Sindorov Bibisara Assaubayeva, Nixal Sarin, Daniil Dubov, Sara Xadem va jamoa bosh menejeri Mark'Andriya Mauritssinini jamlagan “FYERS American Gambits” jamoasi tarkibida dona suradi.

Musobaqa nizomiga muvofiq, 4-mavsum o‘yinlarining ilk turida “FYERS American Gambits” jamoasi Vishvanatan Anand, Ardjun Erigaysi, Yagiz Kaan Erdogmus, Katerina Lagno, Nino Batsiashvili, Abximanyu Mishradan iborat “PBG Alaskan Knights” jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yinda Sindorov sobiq jahon chempioni Vishvanatan Anand qarshiligini yengishga harakat qiladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollaridan iborat etib belgilangan.
Turnirda Magnus Karlsen sardorligidagi "Alpine APL Pipers” jamoasi, Alireza Firuzdja yetakchiligidagi “Triveni Continental Kings” shaxmatchilari, Yana Nepomnyaiy, Levona Aronyan, Leyniyer Dominges, Polina Shuvalova kabi kuchlilardan iborat “Ganges Grandmasters”, Maksima Vashe-Lagrav, Shaxriyor Mamedyarov, Vladimira Fedoseyev, Xarika Dronavalli singari zo‘rlardan tashkil topgan “CheQ Mumba Masters” jamoasi “Tech Mahindra Global Chess League” turnirining 4-mavsumida Javohir Sindorov yetakchiligidagi jamoaga raqobat ko‘rsatadi.
Turnir 13-sentabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA