Jasurbek Jaysunov Parij Gran-prisida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Fransiyaning Parij shahridagi «Palais des sports Marcel Cerdan»sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha G6 toifasiga kiruvchi «Paris 2026 World Taekwondo Grand Prix» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakili Jasurbek Jaysunov -80 kilogramm vazn toifasida finalga qadar o‘tgan barcha janglarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Biroq taekvondochimiz so‘nggi hal qiluvchi bahsda braziliyalik Enrike Markesga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi bellashuvlarda -68 kilogramm vazn toifasida bellashgan Najmiddin Qosimxo‘jayev finalga qadar yetib borib, kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa,. -67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Sobirjonova esa musobaqa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA