Janubiy Koreya bilan ta’lim sohasida muhim hamkorlik
Urganch kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi va Janubiy Koreyaning nufuzli Keimyung universiteti o‘rtasida 1+2 ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishildi.
1+2 dasturi asosidagi kelishuv O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik orqali yoshlarning Janubiy Koreyada ta’lim olishlari, koreys tilini chuqur o‘rganishlari, zamonaviy bilim va xalqaro tajribaga ega bo‘lishlari uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Ushbu kelishuv nafaqat ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik, balki yoshlarimizning kelajagi, kasbiy rivojlanishi va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishi yo‘lidagi muhim qadamdir.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri