O‘zbekistonda davom etayotgan Prezident saylovini xorijlik kuzatuvchilar faol kuzatib bormoqda. Ular saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilarga yaratilgan sharoitlar, ovoz berish jarayonini bevosita kuzatmoqda.

Buning uchun kuzatuvchilarga zarur sharoitlar yaratilgan. Ular saylov uchastkasiga borib ro‘yxatdan o‘tgach, saylovni o‘tirib bemalol kuzatishi mumkin.

Toshkent shahridagi 362-saylov uchastkasiga tashrif buyurgan Pokiston fanlar akademiyasi rektori, doktor Jan Muhammad Qosim bilan muloqot qildik.

- Aytingchi, saylov jarayoni haqida qanday fikrdasiz va bugungi kuzatuvlaringiz sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- Saylov – demokratiyaning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, har bir mamlakat hayotida muhim o‘rin tutadi. Xalq saylovlar orqali o‘z xohish-irodasini amalga oshiradi. O‘zbekistonda saylov jarayonlarini kuzatish uchun kelganimdan mamnunman. Odamlarning faolligi, saylovga jiddiy qarayotgani e’tiborimni tortdi. Bu yerda yoshlar o‘ylaganimdan ko‘ra ancha faol.

Shuni yana qo‘shimcha qilmoqchi edimki, odamlarga saylovda erkin ovoz berishi uchun zarur sharoitlar ta’minlangan.

- Saylov jarayonida kamchiliklar ham kuzatildimi?

- Kunning birinchi yarmi davomida odamlarning saylov uchastkasiga kirib kelishi, ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z ovozlarini yashirin ravishda berib, saylov qutisiga byulletenlarni tashlayotganini sinchiklab kuzatdim. Biror bir kamchilikka duch kelmadim. Juft-juft bo‘lib kelgan odamlar ham bir-biriga xalaqit bermay ovoz bermoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini saylov muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan tabriklayman!

O‘zA muxbiri N.Abduraimova suhbatlashdi.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jan Muhammad Qosim: Saylov jarayonida kamchilik ko‘rmadim