Jamoatçilik nazorati va oçiqlik masalalari
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — davlat va jamiyat taraqqiyoti, qonun ustuvorligi, adolat va xalq işonçini taʼminlaşning muhim şartlaridan biri. Bu borada faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini kuçaytirişning özi yetarli emas. Jarayonda davlat idoralari masʼuliyatini oşiriş, jamoatçilik nazoratini kengaytiriş, oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini qaror toptiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada huquqiy va institutsional mexanizmlar izçil takomillaştirilmoqda. Ayniqsa, davlat boşqaruvida oçiqlikni taʼminlaş, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oşiriş va har bir rahbarning öz faoliyati natijalari uçun masʼuliyatini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ana şu vazifalar ijrosi, hududlarda korrupsiyaning oldini oliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş maqsadida Buxoroda “Korrupsiyaga qarşi nazorat, jamoatçilik bilan hamkorlik va şaffoflikni taʼminlaş” mavzusida trening taşkil etildi.
Tadbir Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan hamkorlikda ötkazildi.
Treningning asosiy maqsadi hududiy kengaşlar faoliyati samaradorligini oşiriş, joylardagi korrupsiyaviy muammo va xavf-xatarlarni aniqlaş, ularni baholaş hamda masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştirişdan iborat böldi. Şuningdek, korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan aniq va amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş könikmalarini mustahkamlaşga eʼtibor qaratildi.
Maşğulotlar davomida sohadagi qonunçilik normalari, ularning amaliyotdagi ahamiyati va hududiy kengaşlar faoliyatini samarali taşkil etiş masalalari atrofliça körib çiqildi. Amaliy maşğulotlarda esa hududlardagi mavjud vaziyatlar tahlil qilinib, axborot almaşiş, vazifalarni taqsimlaş va qabul qilinadigan qarorlarni özaro muvofiqlaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Ayniqsa, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlaşda jamoatçilik nazoratining örni, oçiq maʼlumotlardan samarali foydalaniş, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga alohida urğu berildi.
[gallery-32380]
Iştirokçilar fuqarolar murojaatlari, statistik körsatkiçlar, oçiq maʼlumotlar, ommaviy axborot vositalari materiallari hamda jamoatçilik taşkilotlari xulosalari asosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş usullarini örgandilar. Bunda tasdiqlangan faktlarni taxmin va tekşirilmagan maʼlumotlardan farqlaş, qöşimça axborotga bölgan ehtiyojni belgilaş hamda kelib tuşgan xabarlarga qonunçilik talablari asosida munosabat bildiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Amaliy maşğulotlar natijasida mavjud maʼlumotlarni tekşiriş, masʼul taşkilotlarni belgilaş, aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş va ularning ijrosini monitoring qiliş böyiça takliflar tayyorlandi. Hududlar kesimida şakllantirilgan mazkur takliflar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi. Ularda har bir hududning öziga xos xususiyatlari va ustuvor yönalişlari inobatga olinadi.
Taʼkidlaş joizki, korrupsiyaga qarşi kuraşişda natijaga erişiş uning oqibatlariga qarşi çora köriş bilangina emas, balki bunday illatni keltirib çiqaradigan omillarni bartaraf etiş, davlat idoralari faoliyatida şaffoflikni taʼminlaş va jamoatçilikning faol iştirokini kuçaytiriş bilan belgilanadi. Şu maʼnoda, mazkur trening hududiy kengaşlar salohiyatini oşiriş, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş va joylarda korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan tizimli yondaşuvni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş” qöşma loyihasi doirasida taşkil etildi. Loyihaning asosiy yönalişlaridan biri mahalliy davlat hokimiyati organlari salohiyatini oşiriş va hududlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini takomillaştirişdan iborat.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), ÖzA muxbirlari