Jamiyatni yuksaltirish – strategik ehtiyoj
Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ro‘yobga chiqayotgan tamoyil
Yangi O‘zbekiston keyingi to‘qqiz yilda mustaqil taraqqiyotning katta dovonini bosib o‘tdi. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari kengaytirildi, qonun ustuvorligi mustahkamlandi. Eng muhimi, xalqimizning ko‘p yillik orzu-umidlarini o‘zida ifodalagan yangi O‘zbekistonni barpo etishning ma’naviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2023 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakuniy natijalariga muvofiq, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur tarixiy islohotning asosiy g‘oyasi sifatida ilgari mavjud bo‘lgan “davlat — jamiyat — shaxs” paradigmasi yangi “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga o‘zgardi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi xuddi mana shu tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bunyodkor g‘oyalarni o‘zida jamlagan strategik xaritadir. Murojaatnomada belgilangan ulug‘vor marralar va yangragan chaqiriqlar yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘yilayotganini anglatadi.
Keyingi yillardagi islohotlar silsilasidan yurtimizda “Inson — jamiyat — davlat” tamoyili mustahkam qaror topib borayotganini anglash qiyin emas. Darhaqiqat, qaysi sohada bo‘lmasin, yuz berayotgan har bir tarixiy yangilanish mohiyatida insonni qadrlash, jamiyatni harakatga keltirish va davlatning qudratini yanada oshirish maqsadi mujassam.
Xususan, “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” g‘oyasi konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlandi. Bu bilan insonning oliy qadriyati uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati ekani belgilandi. Shuningdek, oxirgi besh-olti yilda Bosh qonunimizda belgilangan ijtimoiy davlatning asosiy talablari hayotga izchil tatbiq etildi.
Sifatli ta’lim, malakali tibbiy xizmat, kuchli ijtimoiy himoya, muhtojlarning uy-joyga ehtiyojini qoplash, bandligini ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi keng ko‘lamli sa’y-harakatlar ijtimoiy davlat modelining amaliy ifodasidir.
Bu manzilli islohotlar, birinchidan, taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan insonni, uning ong-tafakkuri va rolini o‘zgartirmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik”.
Ikkinchidan, jamiyatimizda hamjihatlik muhiti, bunyodkorlik ruhi hukm surmoqda. Birgina 2025 yilda 5 million fuqaro daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand shaxs kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1435 mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi. Kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
Uchinchidan, davlatimiz salohiyati oshib, ilgari tasavvur ham qilish qiyin bo‘lgan olamshumul marralarga erishilmoqda. O‘tgan yili tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard dollardan oshdi. Jahon banki yuritadigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekистон 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, yetakchi 10 ta mamlakat qatoridan joy oldi.
Mana shu amaliy natijalarning o‘ziyoq yangi O‘zbekiston g‘oyasi amalda qudratli harakatga aylanganini ko‘rsatadi. Murojaatnoma shu kabi hayotiy haqiqatlarni aniq misollar orqali ifoda etgani, jamiyatimizga hayotbaxsh g‘oyalarni olib kirayotgani va xalqimizni yangi marralarga ruhlantirgani bilan yanada ahamiyatlidir.
Nega aynan bugun?
2026 yilga berilgan nomda kelgusi taraqqiyotimiz formulasi aks etgandek — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”.
“Mahallani rivojlantirish” g‘oyasi birmuncha tushunarli va tanish. O‘zbek davlatchiligi asrlar davomida noyob boshqaruv shakli bo‘lgan mahalla bilan uzviy bog‘liqlikda va bu tizimning asosi bo‘lgan birdamlik, mehr-oqibat, jamoaviylik kabi qadriyatlar ta’sirida rivojlanib kelgan. Mahalla rivojlansa, mamlakat obod bo‘lishi bor gap. Bu hayot falsafasi ortiqcha isbotga muhtoj emas. Murojaatnomada ham mamlakatimiz rivojlanishining bugungi bosqichida mahalla institutining o‘rni va beqiyos ahamiyati keng ochib berildi.
Yil nomidagi “jamiyatni yuksaltirish” g‘oyaси alohida e’tiborga molik. “Inson — jamiyat — davlat” taraqqiyot zanjirining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan jamiyatni qanday yuksaltirish mumkin? Bunga ehtiyoj bormi? Nima uchun bu g‘oya aynan bugun yuzaga chiqmoqda?
Shu kabi savollar tug‘ilishi va har bir uyg‘oq odamni bezovta qilishi tabiiy. Ming yillar davomida ko‘p mutafakkirlar ham bu savollarga o‘zicha javob izlagan. Buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiyning jamiyat haqidagi qarashlari qiziq. U o‘z falsafiy konsepsiyasi asosida insonlarning baxt-saodatga erishishi uchun har bir a’zosining kasb-koriga muvofiq, o‘zaro hamkorlikda yashashini nazarda tutadigan ideal, fozil jamiyat va shaharni tushuntiradi. Forobiyning fikricha, adolat o‘rnatilgan jamiyatgina insonlar talabiga mos keladi. Bunday jamiyatda odamlar o‘zaro yordamlashib, har biri o‘zining vazifasini bajarishi orqali umumiy rivojlanishga hissa qo‘shadi va mukammallikka erishadi. U jamiyatni inson organizmiga o‘xshatadi. Bu yerda har bir a’zo o‘z vazifasini bajarsa, butun organizm sog‘lom bo‘ladi.
Forobiyning bu g‘oyasi keyingi davrlarda Sharq va Yevropa falsafasiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, ma’rifatparvarlik davridagi ijtimoiy ta’limotlar, XIX-XX asr boshlaridagi tadqiqotlarda jamiyat xuddi mexanizm yoki biologik organizmga o‘xshash va hatto ularga teng bo‘lgan yaxlitlik sifatida tavsiflanadi.
Bashariyat rivojining turli davrlarida olimlar ichki va tashqi o‘zgarishlar sharoitida samarali ishlaydigan va rivojlanadigan barqaror jamiyatning ko‘rinishini belgilashga, ijtimoiy tizimni barqarorlashtirish omillari va mexanizmlarini aniqlashga urindi. XX asr oxirida barqaror jamiyat va barqaror taraqqiyot g‘oyalari Rio-de-Janeyro (1992 yil) va Kopengagenda (1995 yil) bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro forumlarda e’tirof etildi.
Prezidentimiz ilgari surgan “jamiyatni yuksaltirish” g‘oyasiga ham jamiyatni misoli tirik organizm sifatida uzviy harakatda va barqaror saqlashga strategik ehtiyoj sifatida yondashish lozim. Boshqacha aytganda, bugun jamiyatni yuksaltirish zarurati tasodifiy emas, balki ob’ektiv ijtimoiy qonuniyatlar bilan bog‘liq. Globallashuv, raqamli transformatsiya, axborot oqimining keskin ortishi va ijtimoiy murakkabliklar insonning faqat moddiy emas, balki ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ishonch va ma’naviy barqarorlikka talabini kuchaytirmoqda.
Dunyoda kuchayib borayotgan siyosiy mavhumlik, ko‘p yillik jahon tartibotiga putur yetishi oqibatida suveren demokratik davlatlar uchun yangi, avval kuzatilmagan tahdidlar paydo bo‘lmoqda. Bu esa har bir davlatdan o‘z taraqqiyot strategiyalarini jiddiy tahlil qilib, ularga tegishli o‘zgartishlar kiritishni taqozo etmoqda. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi takomillashayotgani ham aynan shu favqulodda omillar bilan bog‘liq.
Davlatimiz rahbari raisligida yaqinda o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida zamonaviy xavf va tahdidlarning mazmuni ham, ko‘lami ham kundan kunga o‘zgarib borayotgani, mudofaa va xavfsizlik sohasi oldiga katta vazifalar qo‘yilayotgani ta’kidlandi. Sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997 yildagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani aytildi.
Murakkab davrimizning ana shunday o‘tkir talablaridan kelib chiqib, “Inson — jamiyat — davlat” taraqqiyot konsepsiyasini ham yanada takomillashtirish va uni amalga oshirishga doir yangi yondashuvlarni ishlab chiqish lozim. Xususan, bu konsepsiya tizimida jamiyatning rolini oshirish va jamiyatni harakatdagi organizm sifatida kompleks rivojlantirish maqsadga muvofiq.
“Jamiyatni yuksaltirish” g‘oyasi orqali qator o‘tkir chaqiriqlar kun tartibiga olib chiqilmoqda.
Birinchidan, jamiyatimizning hozirgi salohiyati bilan zamonaviy tahdidlarga qarshi turib bo‘lmasligi bildirilmoqda.
Yangi O‘zbekistonda inson kapitali uchun katta resurslar safarbar qilinmoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholi bandligi sohasidagi amaliy natijalar salmoqli. Mamlakatimizning imkoniyatlari ham yildan yilga oshib, ulkan marralar zabt etilmoqda. Navbatdagi bosqichda endi jamiyatimiz ham qudratli kuchga aylanishi va barcha islohotlarning motivatori bo‘lishi lozim. Bunga esa jamiyatimizning qon tomiri bo‘lgan mahallani rivojlantirish orqali erishiladi.
Ikkinchidan, bugungi tahlikali dunyoda milliy birdamlik va hamjihatlik har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etayotir.
Davlatimiz rahbari bu masalaning yechimini jamiyatni yuksaltirishda ko‘rmoqda. “Biz uchun hozirgi global taraqqiyot davrida, dunyoda o‘ta keskin va tahlikali jarayonlar yuz berayotgan bugungi kunda milliy birlik nihoyatda muhim va zarur. Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib olg‘a intilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!” dedi Prezidentimiz.
Uchinchidan, jamiyat rivojisiz inson va davlatning rivojiga erishib bo‘lmasligi haqida bong urilmoqda. Inson jamiyatda harakatlanadi va shakllanadi. Undagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlar, tafakkur evrilishlari, eng avvalo, jamiyatda aks etadi. Davlat ham bevosita jamiyatdagi qadriyatlar va munosabatlar ta’sirida rivojlanadi. Masalan, jamiyatda ta’lim sifati past bo‘lsa, yoshlar bandлиги ta’minlanmasa, muammolar o‘z vaqtida hal etilmasa, ijtimoiy taraqqiyot o‘z-o‘zidan sekinlashadi. Jamiyatning barqarorligi davlat barqarorligining kafolatidir.
Bir so‘z bilan aytganda, “jamiyatni yuksaltirish” g‘oyasining bugun amaliy harakatlar markaziga chiqayotgani va 2026 yilda O‘zbekiston ривожланishининг ustuvor yo‘nalishidan biri etib belgilangani tasodif emas. Taraqqiyotimizning navbatdagi bosqichida ushbu g‘oya inson va davlatning uyg‘un faoliyatiga erishishning asosiy sharti sifatida yuzaga chiqmoqda.
Jamiyat qanday yuksaladi?
Jahonda tan olingan ilmiy ta’limotlarda jamiyat rivojiga doir xilma-xil qarashlar mavjud. Faylasuflar va fikr egalari bu borada turlicha yo‘llarni tavsiya etadi. Bugungi globallashuv sharoitida jamiyatni yuksaltirish masalasiga faqat iqtisodiy o‘sish bilan emas, balki ijtimoiy adolat, fuqarolik faolligi, ta’lim sifati va ishonchli institutlar bilan bevosita bog‘liq holda qaralmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi barqaror jamiyat — davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi muvozanatli hamkorlik mahsuli ekanini ko‘rsatadi.
Jamiyat quyidagi asosiy omillar uyg‘unligida rivojlanadi:
— inson kapitali: ta’lim, ilm-fan va kasbiy salohiyatning yuksalishi;
— ijtimoiy institutlar: mahalla, oila, ta’lim va fuqarolik jamiyatining samarali faoliyati;
— qonun ustuvorligi va adolat: barcha uchun teng qoidalar va shaffof boshqaruv;
— faol fuqarolik pozitsiyasi: jamiyat ҳаётида befarqlik emas, ishtirok madaniyatining shakllanishi.
Rivojlangan jamiyatda davlat “hamma narsani hal qiluvchi” emas, balki sharoit yaratuvchi institut sifatida maydonga chiqadi, fuqaro esa ijtimoiy jarayonlarning faol sub’ektiga aylanadi.
Xalqaro tajribada jamiyatni yuksaltirishga doir turli modellar mavjud. Biroq ularni birlashtirib turuvchi umumiy jihat bor — inson kapitaliga investitsiya kiritish.
Keling, ularning ba’zilarini ko‘rib chiqaylik.
Skandinaviya modelida jamiyatning yuksalishi ijtimoiy tenglik, kuchli ta’lim va fuqarolar ishonchi orqali ta’minlangan. Bu mamlakatlar jamiyatni yuksaltirishda “фаровонлик davlati” modelini muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda. Skandinaviya modelida: bepul yoki arzon ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi; kuchli ijtimoiy himoya mexanizmlari; davlat qarorlarida fuqarolarning ishtiroki keng yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada bu davlatlar xalqaro reytinglarda ijtimoiy ishonch, baxt va hayot sifati bo‘yicha doimiy yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Eng muhim jihati — jamiyatda “davlat menga xizmat qiladi” degan tushuncha shakllangan.
Yaponiyada jamoaviy mas’uliyat, intizom va ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlagan. Ularda mahalla va jamoa darajasida: aholi hududni tozalash, tartibni saqlashda ko‘ngilli ishtirok etadi; keksalarga hurmat va yoshlarni tarbiyalashga ijtimoiy norma sifatida qaraladi; ta’lim tizimida faqat bilim emas, balki xulq-atvor va масъулият ham shakllantiriladi.
Kunchiqar davlat tajribasidan shuni англаш mumkinki, jamiyat yuksalishi uchun katta mablag‘dan ko‘ra madaniy intizom va umumiy qadriyatlar muhim.
Singapur modeli samarali boshqaruv va qonun ustuvorligiga tayanadi. Qisqa muddatda jamiyatni yuksaltirishda mislsiz natijalarga erishgan bu mamlakatda ijtimoiy tartib, xavfsizlik va hayot sifati yuqori darajada ta’minlangan. Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga mutlaqo murosasiz munosabat, sifatli shaharsozlik va uy-joy siyosati (aholining katta qismi davlat qurgan uy-joylarda yashaydi), davlat xizmatlarining ochiqligi va tezkorligi Singapur muvaffaqiyatining asosiy omillaridir.
Germaniyada esa kasbiy ta’lim, fuqarolik jamiyati va mahalliy boshqaruv jamiyat taraqqiyotining tayanchiga aylangan. Bu modelda jamiyatni yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari va dual ta’lim tizimiga ustuvorlik beriladi. Bu model bandlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mahalliy boshqaruv organlari aholiga eng yaqin institut sifatida ishlaydi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi jamiyatni yuksaltirishning universal retsepti yo‘qligidan darak beradi. Biroq umumiy tamoyillar mavjud. Inson qadrini ustun qo‘yish, mahalla va jamoani rivojlantirish, adolatli boshqaruv va qonun ustuvorligi, ta’lim va tarbiyaga sarmoya yo‘naltirish shular jumlasidan.
Muvaffaqiyatli modellar jamiyatni yuksaltirish uchun faqat iqtisodiy o‘sish emas, balki ijtimoiy ong va madaniyatni rivojlantirish ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning jamiyatni yuksaltirish modeli o‘ziga xos va noyob. “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” g‘oyasi, “Xalqimiz ertaga yoki yaqin kelajakda emas, bugun baxtli yashashi kerak” tamoyili bugun biz tanlagan buyuk yo‘lning asosidir.
So‘nggi 9 yilda mamlakatimiz jamiyatni rivojlantirishning ilg‘or xalqaro tajribalarini milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib, barqaror natijalarga erishmoqda. Eng muhimi, bugun bu yutuqlarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida chuqur his qilmoqda. Ajdodlarimiz orzu qilib, kurashib o‘tgan jamiyat — inson huquq va erkinliklari, kuchli ijtimoiy himoya, sifatli ta’lim va tibbiy xizmat kafolatlangan, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat va xususiy mulk daxlsizligi ta’minlangan yangi O‘zbekiston jamiyati sari dadil qadamlar qo‘yilmoqda.
Hammasi mustahkam zaminga ega
Murojaatnomada bugunimiz va ertamiz uchun muhim yangi g‘oya va aniq hisob-kitoblarga asoslangan tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, unda jamiyatni rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari yaqqol ko‘zga tashlanadi:
— inson qadrini ulug‘lash — barcha islohotlarning markaziga inson manfaatini qo‘yish;
— mahallaning rolini kuchaytirish — jamiyat muammolarini eng quyi bo‘g‘inda hal etish;
— yoshlar va ayollar faolligini oshirish — ta’lim, bandlik va tadbirkorlik orqali;
— ochiq va xalqchil davlat boshqaruvi — davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi.
Bu g‘oyalar jamiyatni ma’muriy bosim orqali emas, balki ishonch va hamkorlik asosida yuksaltirishga qaratilgan.
Prezidentimiz mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash; iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish; ichki bozorda talabni rag‘batlantirish; kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish; ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv ресурслариdan oqilona foydalanish; zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlarni davom ettirish orqali barchamizni yangi va ulkan marraga — kelgusi besh yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240 milliard dollardan oshirishga boshlamoqda. Keyingi yillarda xalqimiz va davlatimiz erishgan olamshumul yutuqlarga tayanib fikrlasak, o‘z kuchimizga ishonsak, bu natijaga erishish mumkin.
Jamiyatga taklif qilinayotgan islohotlarni aniq tashabbuslar misolida ko‘rib chiqaylik. Masalan, mamlakatimiz mehnat bozorini mutlaqo yangi arxitektura asosida — kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlatish masalasi ko‘tarildi.
Bu nima uchun kerak? Bugungi globallashuv sharoitida raqamlashtirish va sun’iy intellekt ko‘p sohalarga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Natijada dunyodagi ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarayotir. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtirilishi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinishidan kelib chiqsak, dunyo mehnat bozori tub burilish bo‘sag‘asida ekani ma’lum bo‘ladi.
Mamlakatimiz yetakchisi yangilanayotgan mehnat bozoriga moslashish uchun kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish lozim, demoqda. Buning uchun 2026 yildan бошлаб, har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori kasblarga mos holda jihozlanadi. Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.
2026 yilda 7 viloyatda, 2027 yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Murojaatnomada har bir tashabbusning amaliy mexanizmlari, har bir infratuzilmaning aniq vazifasi ko‘rsatib berildi. Xususan, Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritadi. “Kasblar shaharchasi” esa maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltiradi.
Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham bundan buyon yangicha tashkil qilinadi. Dual ta’lim asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.
Bu o‘rinda yoshlarning kasbiy rivojlanishi bilan birga ish beruvchilarga ham yangi imtiyozlar, qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov choralari taklif qilinmoqda. Shuningdek, kasbiy ta’limdagi yangicha yondashuvlar, xususan, dual ta’lim asosida o‘qitishni ommalashtirish choralari belgilanmoqda.
OTMlar va ish beruvchilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yiladigan raqamli ekotizim ham dolzarb. Bunda bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkoniyati kengayadi. Mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadr kirib kelayotganini hisobga olsak, bu ekotizimning ahamiyati yanada yorqin namoyon bo‘ladi.
Bular tasodifiy yechimlar emas. Jamiyatni yuksaltirish bo‘yicha Germaniya modelida kasbiy ta’limga ustuvorlik berish ortidan katta yutuqlarga erishilgan. Bu davlatda ham yoshlar ta’lim bilan birga korxonalarda amaliyot o‘tab, kasbga erta moslashadi. Zamonaviy Germaniya jamiyatida fuqarolik jamiyati институтларига keng o‘rin berilgan. Nodavlat tashkilotlar ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi.
Prezidentimiz “Islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati институтларининг roli muhim. Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi”, dedi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqilishi ma’lum qilindi. Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, молиялаштирish hajmi 2 karra oshiriladi. Bu tashabbuslar ham jamiyatni yuksaltirish bo‘yicha dunyodagi ilg‘or tajribalarga to‘la mos keladi.
2026 yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanishi e’lon qilindi. Barcha davlat idoralarining 1000 dan ziyod davlat xizmatlari; 5000 dan ortiq funksiya va vazifalari; 200 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi; 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinishi ham muhim tashabbuslardan. Bu islohotlar davlat xizmatlarining ochiqligi va tezkorligiga asoslangan Singapur modelini aks ettiradi.
Murojaatnomada korrupsiya davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan jiddiy tahdid sifatida qayd etildi. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026 yilda “favqulodda holat” e’lon qilinishi va korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarga xiyonat deb baholanishi bildirildi. Jamiyatni yuksaltirish bo‘yicha Singapur tajribasi muvaffaqiyati ham korrupsiyaga murosasiz kurashda ekani keng e’tirof etilgan. O‘zbekiston ham korrupsiyaga qarshi kurashishda qat’iyat ko‘rsatib, rivojlangan davlatlarda o‘zini oqlagan ijtimoiy adolat tamoyillariga sodiqligini namoyon qilmoqda. Murojaatnomadagi yangi chaqiriqlardan bu borada boshlangan ishlar mavsumiy emasligi, balki muqarrar va tizimli tusga egaligini ko‘rish mumkin.
2026 yilda 1 million odamni doimiy ish bilan ta’minlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirish, kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 3500 taga yetkazish ko‘zlanmoqda. Bu maqsadlarga ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, aholini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar orqali erishiladi. O‘zbekистонда so‘nggi yillarda yaratilgan ijtimoiy himoya tizimida ham jamiyatni yuksaltirishga doir Skandinaviya modelining ilg‘or tajribalari namoyon bo‘ladi. “Baxtli odamlar mamlakati” sifatida dunyoga tanilgan bu davlatlarda ham kuchli ijtimoiy himoyaga jamiyatda farovonlikni ta’minlashning muhim vositasi sifatida qaraladi.
Prezidentimiz ilgari surgan g‘oyalar ko‘lami keng. Biz ularning ba’zilariga to‘xtaldik xolos. Bu g‘oyalarning har biri mustahkam zaminga ega. Ular mohiyatan Vatanimiz taraqqiyotining yangi arxitekturasini ifodalaydi hamda yangi O‘zbekistonning milliy manfaatlari, xalqimizning ko‘p asrlik davlatchilik an’analariga asoslangan. Shu bilan birga, bu tashabbuslar jamiyatni yuksaltirish bo‘yicha jahondagi eng ilg‘or tajribalarga ham muvofiq keladi.
* * *
“Jamiyatni yuksaltirish” — shior emas, balki hayotiy strategiya. Kuchli jamiyat kuchli mahalladan boshlanadi. Har bir obod ko‘cha, har bir band yosh, har bir ijtimoiy himoyaga olingan oila, qo‘yingki, hayotidan va davlatidan rozi har bir inson bu — yuksalayotgan jamiyatning aniq va ko‘zga ko‘rinadigan natijasidir.
Qisqasi, jamiyatni yuksaltirish insonni qadrlash, fuqarolarning davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga qaratilgan strategik ehtiyojdir. Bu bir yillik kampaniya emas, balki uzoq muddatli tamadduniy jarayon. U inson ongi, ijtimoiy institutlar va davlat siyosati uyg‘unligida amalga oshadi. Prezidentimiz ilgari surayotgan g‘oyalar ana shu uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan. Ularni hayotga tatbiq etish har bir fuqaroning faol ishtiroki tufayli samarali natija beradi.
Shuhrat ORIPOV,
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tadqiqotchisi,
“Do‘stlik” ordeni sohibi