Jamiyat transformatsiyalashuvining yangi ijtimoiy-madaniy usullari
Serobjon Urmonaliyevich YULDASHEV dotsent falsafa fanlari doktori (DSc) Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Maqolada jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy islohotlar natijasida uning qiyofasi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi tadqiq etilgan. Bu esa yangilanayotgan jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, strategik dasturlashlarning qo‘llanilishiga ehtiyojni oshiradi. Mamlakatda qabul qilinayotgan qarorlarga ko‘ra jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish jamiyat transformatsiyalashuvining samarali usuli ekanligi ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar. jamiyat, yangilanish, taraqqiyot strategiyasi, transformatsiyalashuv, ijtimoiy-madaniy faoliyat, oila, xotin-qizlar, ayollar.