Jamg‘arma ko‘magida fuqarolar davolanadigan bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga Mahalla xayriya jamoat fondining “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Xalk deputatlari Kasbi tuman kengashining tegishli qaroriga asosan 166 million 340 ming so‘m mablag‘ 97 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalariga o‘tkazib berildi.
Jumladan, tumandagi G‘alaba mahallasida yashovchi Sanjar Amirov yosh bo‘lishiga qaramay tos suyak chirishi kasalligi bilan og‘rigan, Kasallik uni bir necha yildan buyon qiynab keladi. Davolanishi uchun esa mablag‘ yo‘q. Unga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 10 million so‘m ajratildi. Huddi shunday Mustaqilobod MFY fukarosi Ruxsora Choriyevaning 18 yoshli farzandi jigar serrozi bilan og‘rigan. Uning farzandi uchun ham 10 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu rag‘bat taqdim etilgan fuqarolar hukumatimiz e’tibor va g‘amxo‘rligidan mamnun bo‘lmoqda. Bu kabi ezgu sa’y-harakatlar tumanning barcha hududlarida davom etmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA