Jahon şaxmat toji: Sindarov va Gukeşning ilk partiyasi durang bilan yakunlandi
Oq donalarda harakat qilgan hamyurtimiz 38-yurişdan söng raqibi bilan durang qayd etdi.
Şveytsariyaning Jeneva şahrida klassik şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsning birinçi partiyasi yakunlandi.
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov hamda amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasidagi dastlabki partiyada ğolib aniqlanmadi.
Oq donalarda harakat qilgan hamyurtimiz 38-yurişdan söng raqibi bilan durang qayd etdi. Şu tariqa, har ikki grossmeyster yarim oçkodan jamğardi — 0,5:0,5.
Musobaqa reglamentiga muvofiq, şaxmatchilar 14 tagacha klassik partiya ötkazadi. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan grossmeyster jahon çempioniga aylanadi.
Ikkinçi partiya 25-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Unda Javohir Sindarov qora donalarda harakat qiladi.