Jahon shaxmat Olimpiadasi Rossiyada o‘tmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) kengashi 2022 yilgi Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon shaxmat olimpiadasini boshqa mamlakatga ko‘chiradi.
Bu haqda tashkilot matbuot xizmatiga tayanib “TASS” xabar berdi.
Musobaqa 26 iyuldan - 8 avgust kunlariga belgilangandi.
Kengash 44-Jahon shaxmat Olimpiadasi, jumladan, nogironlar o‘rtasidagi musobaqa va FIDE Kongressini tashkil etish huquqini Rossiyadan olib qo‘yish haqida qaror qabul qildi.
— FIDE Olimpiada uchun boshqa tashkilotchi topadi, — deyiladi bayonotda.
Dastlab Rossiya 2020 yil, Belarus 2022 yil musobaqaga mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan edi. Koronavirus pandemiyasi sabab turnir dastavval 2021 yilga, keyin esa 2022 yilga ko‘chirildi. Belarus esa musobaqani o‘tkazishdan umuman bosh tortdi.