Jahon savdo tashkilotiga a’zolik qanday ustunlik beradi? (+video)
Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga a’zo mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali a’zo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va insonlar turmushini yaxshilashdan iboratdir.
Aytish kerakki, tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirishda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yanada keng imkoniyatlar ochadi. Shu bois O‘zbekiston 2019 yildan bu xalqaro tuzilmaga a’zolik jarayonini boshlagan edi. O‘tgan davrda bu maqsad sari dadil qadamlar qo‘yildi. Xo‘sh, yurtimizning Jahon savdo tashkiloti a’zoligiga qabul qilinishi kelgusida qanday samara beradi?
Ushbu savollarga javob topish maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdurahim Vahobov bilan suhbatlashdik.
- Bugungi kunda dunyoda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lgan va bo‘layotgan davlatlar hamda ularning ustun jihatlari haqida ma’lumot bersangiz?
- O‘zbekistonni hozir bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakat emas, bozor munosabatlari shakllanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Xalqaro tashkilotlar turli mintaqalarda bozor munosabatlarini monitoring qiladi va ularga bozor munosabatlari rivojlangan degan statusni beradi. Hozirda ana shunday statusga 41ta mamlakat ega. 38tasi a’zo, qolgan uchtasi ustida monitoring ishlari olib borilmoqda. 13ta ko‘rsatkich asosida ariza bilan murojaat qilgan mamlakatlar o‘rganiladi va ularga uch xil status beriladi. Yo, bozor munosabatlari rivojlangan, yoki bozor munosabatlari shakllanayotgan, yoki bozor munosabatlari rivojlanayotgan. Agar dunyoda BMTga a’zo 194ta mamlakat bo‘lsa shuni ichidan bozor munosabatlari rivojlangan mamlakat 41ta, bozor munosabatlari shakllanayotgani 23ta, qolgan davlatlar bozor munosabatlari rivojlanayotgan guruhni tashkil qiladi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Jahon savdo tashkiloti birgalikda xulosa chiqarib, davlatlarga mana shunday status beradi. Bu esa ularga bir qator dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari bilan savdo aloqalarini olib borganda preferensiyalarga ega bo‘ladi.
- Hozirda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zolikka qabul qilinish arafasida turibdi, buning talablari nimalardan iborat?
- Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun uning 5ta prinsipi bor. Ana shu tamoyillarga biz rioya qilishimiz kerak. Mamlakatning iqtisodiyoti ochiq bo‘lishi kerak. (davomi videoda)
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6Gq7Ej52b9M?si=hE5pDV1duqz4K6qz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA