Jahon olimlari Toshkentda tajriba almashmoqda
Toshkent tibbiyot akademiyasida «Tibbiy reabilitatsiya – yangi yondashuvlar» mavzusida onlayn 1-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Yevropa mamlakatlari hamda rossiyalik yetakchi tibbiyot institutlari va klinikalarining taniqli olimlari, tibbiy reabilitatsiya sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etyapti. Xalqaro anjumanda ishtirokchilar sohaga doir ilg‘or tajribalar, innovatsion ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, tibbiy reabilitatsiya ko‘p tarmoqli soha bo‘lib, pedagogik, psixologik va boshqa bir qancha faoliyat turlari uyg‘unligiga ehtiyoj sezadi. Bu esa jahon tibbiyot olimlari va mutaxassislarining bir maqsad yo‘lida birlashish, o‘zaro tajriba almashib faoliyat yuritishini taqozo etadi.Ushbu tadbir ayni shu maqsadga qaratilgani va ilk marta Toshkentda o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Gulchehra Mirzayeva,
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati rahbari.