Jahon davlatlari qarzi 102 trillion dollarga yetdi
Dunyo miqyosida davlatlar qarzi 2024 yil rekord daraja, ya’ni 102 trillion dollarga chiqdi. Shundan deyarli uchdan bir qismi – 31 trillion dollari rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yurtlar faqat foiz uchun 921 milliard dollar to‘lagan. Tabiiyki, ayni holat byudjetga putur yetkazib, davlat xizmatiga tahdid solmoqda.
BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YUNCTAD) “Qarzdor dunyo” nomli yangi hisobot tayyorladi. Hujjatda aytilishicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat qarzi 2010 yildan buyon rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ikki barobar tez o‘sgan. Bugungi kunda 3,4 milliard odam sog‘liqni saqlash yoki ta’limga qaraganda ko‘proq pul sarflanadigan mamlakatlarda yashaydi.
Davlat qarzi mintaqaga qarab farqlanadi. Masalan, Osiyo va Okeaniyaga dunyo qarzining 24 foizi, Lotin Amerikasiga 5 va Afrika davlatlariga atigi 2 foizi to‘g‘ri keladi. Masalan, kambag‘al davlatlar AQSHdan 2-4 barobar yuqori stavkada pul olishga majbur.
2023 yil rivojlanayotgan davlatlar tashqi kreditorlarga 487 milliard dollar to‘ladi. Olingan mablag‘dan 25 milliard dollar ko‘p bu mablag‘ bir necha yildan beri davom etayotgan sof yo‘qotishni anglatadi.
Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida, YUNCTAD so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, 2010-2022 yillarda davlat qarzi hajmi 2,5 barobar oshgan, iqtisodiyot esa atigi 1,4 karra o‘sgan. Qarz ayniqsa Kavkaz, energiya eksport qiluvchi mamlakatlar va G‘arbiy Bolqonda tez oshgan.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori hisoblangan Tojikistonning tashqi qarzi 2020 yil yalpi ichki mahsulotning 50 foiziga yetdi. Shundan so‘ng pasaya boshlasa-da, ushbu qardosh mamlakatda ayni muammo xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Ukrainaning davlat qarzi urush davrida yanayam ko‘payib, 2022 yil yalpi ichki mahsulotning 82 foizini tashkil etdi. Bu 2010 yil darajasidan qaryib ikki marta ko‘p.

Rossiya Federatsiyasi mintaqaning eng yirik iqtisodiyoti sifatida Yevropa va Markaziy Osiyo umumiy davlat qarzining yarmidan ko‘pi miqdorini yiqqan. Ko‘plab qo‘shnilaridan farqli o‘laroq, Rossiya qarzi o‘sishi tashqi emas, balki birinchi navbatda ichki qarz hisobiga ko‘paymoqda. Ya’ni, davlat mablag‘ni asosan xorijiy kreditorlardan emas, balki davlat ichkarisidan jalb qilgan.
Bu RF valyuta kursi o‘zgarishi, xorijiy moliyalashtirishdan foydalanish bilan bog‘liq valyuta tavakkalchiligi kabi muammolarga kamroq duchor qiladi. Baribir Rossiyaning davlat qarzi o‘sishda davom etyapti. Ayniqsa, pandemiyadan keyin va sanksiya bosimi hamda ыshimcha harbiy sarf sharoitida byudjet xarajati oshgan.
S.Rahimov, O‘zA