Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlar
Futbol olamining eng nufuzli turniri — Jahon chempionatlarida gol urish har bir hujumchining orzusi. Ammo ushbu «oltin ro‘yxat»ning eng yuqori pog‘onasidan joy olish faqatgina tanlangan afsonalarga nasib etgan.
Rekordchilar bilan tanishing:

Miroslav Kloze — 16 ta gol
Germaniya terma jamoasining «gol mashinasi» hamon peshqadamlikni qo‘ldan bermayapti.

Ronaldo — 15 ta gol
Braziliyalik «So‘yloq» (Il Fenomeno) uzoq vaqt davomida rekordchi bo‘lib turdi.

Gerd Myuller — 14 ta gol
«Millat to‘purari» nomini olgan nemis futboli afsonasi.

Jyust Fonten — 13 ta gol
Fransiyalik hujumchining rekordi: u barcha 13 ta golini bitta musobaqada (JCh-1958) kiritgan!
.jpg?auto=webp&format=pjpg&width=3840&quality=60)
Lionel Messi — 13 ta gol
Qatardagi zafarli JCh-2022 dan so‘ng Leo kuchli beshlikka kirib oldi.
Pele — 12 ta gol
Futbol qiroli 4 ta musobaqada qatnashib, uch karra chempion bo‘lgan yagona futbolchidir.

Kilian Mbappe — 12 ta gol
Ro‘yxatdagi eng yosh va xavfli da’vogar. Klozening rekordini yangilash uchun unda imkoniyat juda yuqori!

Shandor Kochish — 11 ta gol
Vengriyalik afsonaviy hujumchi.

Yurgen Klinsmann — 11 ta gol
Germaniya futbolining yana bir yorqin vakili.
Mbappe hali juda yosh (27) ekanligini hisobga olsak, 2026-yilgi Jahon chempionatida u nafaqat Messini, balki Klozening mutlaq rekordini ham yangilashi mumkin.