Jahon chempionati tarixi: Germaniya Federativ Respublikasi -1974
Ushbu mundial “total futbol”ning yuksalishi va afsonaviy Frans Bekkenbauer boshchiligidagi nemis mashinasining zafari bilan tarixda qolgan.
FIFA jahon chempionati -2026 sari yo‘limiz davom etadi. Bugungi to‘xtash manzilimiz — futbol olamida yangi davrni boshlab bergan 1974-yilgi Germaniya Federativ Respublikasi mezbonlik qilgan musobaqa.
Ushbu mundial “total futbol”ning yuksalishi va afsonaviy Frans Bekkenbauer boshchiligidagi nemis mashinasining zafari bilan tarixda qolgan.
Musobaqaning asosiy faktlari:
Ishtirokchilar: 16 ta terma jamoa.
Chempion: GFR (G‘arbiy Germaniya).
Vitse-chempion: Niderlandiya.
Uchinchi o‘rin: Polsha.
Final natijasi: GFR 2:1 Niderlandiya.
Texnik ko‘rsatkichlar:
O‘tkazilgan o‘yinlar: 38 ta.
Urilgan gollar: 97 ta (har o‘yinga o‘rtacha 2,6 ta gol).
To‘purar (Oltin butsa): Gjegoj Lyato (Polsha) — 7 ta gol.
Musobaqa to‘pi: Adidas Telstar Durlast.
Tomoshabinlar tashrifi: 1 865 753 nafar.
Intizom:
Sariq kartochkalar: 23 ta.
Qizil kartochkalar: 4 ta.
Qiziqarli fakt:
Ushbu mundialning rasmiy tumori (talisman) «Tip va Tap» deb nomlangan bo‘lib, ular do‘stlik va hamjihatlikni ramzi bo‘lgan ikki nafar yosh futbolchi edi.
